O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

2,5 kilometrga teng ichimlik suvi quvurlarini oʼgʼirlagan shaxslar ushlandi

Navoiy. 2020 yilning 09 fevralь kunidan 14 fevralь kuniga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida nomaʼlum shaxslar, Navoiy kon metallurgiya kombinati Tashqi suv taʼminoti boshqarmasi hisobidagi “Karakata nasos stantsiyasi”ga qarashli temir suv quvurlarining Konimex tumani “Karakata” ovul hududidan oʼtgan qismidan 2 457 metr boʼlgan temir suv quvurlarini yerning ustki qatlamiga chiqib ochilib qolgan joylaridan kesib olib, yashirin ravishda talon-toroj qilib, kombinatga jami boʼlib 196.959.116 soʼmlik moddiy zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʼzbekistan Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda koʼp miqdordagi oʼgʼrilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgatilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 33 yoshli Sh.O., 34 yoshli F.K. va B.R., lar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.
Jinoyat ishi boʼyicha Sh.O., F.K. va B.R., larga tegishli modda bilan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech