O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qo‘qonda bir qancha talonchilik jinoyatini sodir etgan shaxslar ushlandi

Farg‘ona viloyati. 2021 yil 09 fevral kuni soat 00:15 larda ikki nafar nomaʼlum shaxslar Qo‘qon shahar A.T.Qo‘qondiy ko‘chasidan 29 yoshli Xusanjon N.,ga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Qo‘qon shahar A.Navoiy mavzesidagi uylar orasiga yetib kelganlarida, nomaʼlum shaxslardan biri haydovchidan avtomashinani to‘xtatib turishini va uyali telefon apparatidan bir marotaba qo‘ng‘iroq qilib olishini so‘rab, avtomashinadan tushib, Xusanjon N.,ga tegishli narxi 2.000.000 so‘mlik “Vivo” rusumli uyali telefon apparatini olib qochib ketayotganida, nomaʼlum shaxsning ikkinchi sherigi ushbu uyali telefon apparatini qaytarib olib kelib berishini aytib avtomashinadan tushib hodisa joyidan qochib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidFaan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qo‘qon shahar IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 20 yoshli Asrorbek N., va Nusratbek M.,lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan “Vivo” rusumli uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Hozirda gumon qilinuvchi Asrorbek N., va Nusratbek M.,lar protsessual tartibda ushlangan.

Tergovda aniqlanishicha yuqoridagi shaxslar yana bir qator jinoyatlarga aloqadorliklari aniqlanib, bir qator holatlarda uch nafar bo‘lib sodir etganliklari aniqlangan.

 

Hurmatli fuqarolar mazkur suratda ko‘rsatilgan shaxslardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz quyidagi telefon raqamlarga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Murojaat uchun: 73-542-62-30, 73-543-20-02.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti 

Text to speech