O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ko‘p miqdorda bug‘doy mahsulotlarini talon-toroj qilgan shaxslar ushlandi

Sirdaryo. 2020 yilning 04 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, MChJ rahbari, 38 yoshli A.B., Yangier shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 23 fevraldan 04 mart kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxslar yuk vagonidan MChJga tegishli umumiy qiymati 35.078.400 so‘mlik 19 tonna 500 kg. bug‘doy mahsulotini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 60 yoshli I.J., 43 yoshli V.E. va X.D., lar sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangier shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. G‘arazli maqsadlarni ko‘zlaganlar gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib prosessual tartibda ushlanganlar. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech