O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ko‘p miqdorda gaz quvurlarini talon-toroj qilgan shaxslar ushlandi

Qashqadaryo. 2020 yilning 16 fevral' kuni Koson tuman Tinchlik MFY hududidan o‘tgan, hozirgi kunda harakatdan to‘xtagan  gaz  quvurining  umumiy qiymati 84.630.000 so‘mlik 806 metr qismi noma'lum shaxslar tomonidan  o‘g‘irlab ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3- qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida, 84 dona quvurlarni Koson tumanida yashovchi A.A., o‘z boshqaruvida bo‘lgan “DAF” rusumli yuk avtomashinasida Samarqand viloyatiga olib ketayotgan vaqtida aniqlanib, quvurlar tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan. Davom ettirilgan choralar natijasida, mazkur jinoyatni 37 yoshli A.D. va 53 yoshli Sh.K., lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, chilangarlik bilan shug‘ullanuvchi 36 yoshli B.N., bilan kelishib, quvur kesish apparati (rezak) bilan kesishganligi, 25 yoshli Ya.M. va uning 9 nafar tanishlari  kesilgan 84 dona gaz quvurlarini yuk avtomashinasiga yuklaganligi aniqlangan. Hozirda sodir etilgan jinoyatning ishtirokchilarining harakatlariga huquqiy baho berilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech