Toshbo‘ron
Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 09 may kuni soat 21:00 larda 25 yoshli R.Shuhratjon va 24 yoshli S.Abduqaxxorlar O‘zbekiston tumani Bo‘ston qishlog‘i hududidagi bog‘ maydonida tanishlari 22 yoshli Yu.Mirolim va 36 yoshli Q.Bilollar bog‘ga suv quyib yurganliklarini ko‘rib, ularning oldiga kelib, suv tufayli janjallashib, ularni yerda yotgan tosh bo‘laklari bilan toshbo‘ron qilib, turli jarohatlar yetkazganlar.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, janjal vaqtida R.Shuhratjon Yu.Mirolimni yuziga bir marotaba urganligi sababli, Yu.Mirolim va Q.Bilollar janjal joyiga telefon orqali qarindoshlarini chaqirayotganliklarini R.Shuhratjon va S.Abduqaxxorlar eshitib qolib, so‘ng ularni toshbo‘ron qilganliklari aniqlangan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida Yu.Mirolim va Q.Bilollar “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir turdagi jarohatlar” olganliklari ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti