O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Avval pichoqlab so‘ngra shifoxonaga olib borib qo‘ydi

Surxondaryo viloyati. 2021 yil 10 may kuni soat taxminan 17:20 larda 35 yoshli D.Nuriddin “Qadimiy Angor” mahallasida yashovchi 43 yoshli M.Qulsoatlar Angor tumani “Sharq Guli” mahallasi hududida joylashgan dehqon bozori yonidagi avtoturargohda o‘zaro kelishmovchiliklar sababli janjallashib qolib, so‘ngra yaqin qarindoshlari hamda atrofdagilarning aralashuvi bilan janjal to‘xtatilib qolingan. Biroq ushbu janjal yakunida M.Qulsoat D.Nuriddin uning uyi tomonga ketayotganligini ko‘rib, uning uyiga o‘ch olish niyatida ketayotganligini faraz qilib, ukasining uyiga kirib oshxona pichog‘i bilan D.Nuriddinning avtomashinasi ortidan quvlab, D.Nuriddin mashinadan tushib, uning yoniga kelgan vaqtida, uning biqin sohasiga bir marotaba sanchib, unga tan jarohat yetkazib, so‘ngra esa uni Angor tuman tibbiyot birlashmasiga olib borib, unga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida D.Nuriddinda o‘ng biqin sohasidan sanchib kesib kirgan jarohat aniqlangan bo‘lib, mazkur jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari sifatida baholanishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Angor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.Qulsoatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.Qulsoat protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech