O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tosh bo‘lagi bilan sodir qilingan bosqinchilik

Toshkent viloyati. 2021 yilning 08 may kuni soat 08:00 larda 33 yoshli Sh.Abdukayum o‘zining boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasiga tanishi 25 yoshli S.Shokir va ikki nafar fuqarolarni yo‘lovchi sifatida olib, Toshkent shahriga ketayotganlarida M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining Yangiyo‘l tumani “Chamanzor” mahallasi hududida S.Shokir Sh.Abdukayumdan avtomashinasini to‘xtatishini so‘rab, uni chalg‘iganligidan foydalanib tosh bo‘lagi bilan Sh.Abdukayumning boshiga bir necha marotaba urib, yonida bo‘lgan 4 800 AQSH dollar pullarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni sodir qilgan S.Shokir protsessual tartibda ushlanib, bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.Shokirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib, ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida S.Shokir Sh.Abdukayum yo‘lda ketayotganida Toshkent shahriga pochta olganligini ko‘rib, ushbu pochtani qo‘lga kiritish maqsadida bosqinchilik jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan. Bundan tashqari avtomashinada bo‘lgan ikki yo‘lovchi holatni ko‘rib, qo‘rqib qochib ketganligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech