Noqonuniy gips qazib olish holati fosh etildi, aybdorlar javobgarlikka tortiladi
Surxondaryo viloyati. Sariosiyo tumani “Sharg‘unko‘mir” AJ marksheyderi E.Jumayevning 16.12.2025 yildagi xulosasiga ko‘ra, Boysun tumanidagi “OLIS OSMON” MCHJ direktor o‘rinbosari (ish yurituvchisi) F.N. va boshqalar tomonidan Boysun tumani “Sho‘rob” mahallasi hududida o‘zboshimchalik bilan foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda, 1230.38 m3 hajmda gips xom-ashyosi qazib olib kelingan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi respublika Sud ekspertiza markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi xulosasiga ko‘ra, “OLIS OSMON” MCHJ tomonidan noqonuniy ravishda gips hom-ashyosi qazib olinganligi oqibatida 1230.38 m3 x 317.682 сўм=390.869.579 so‘mlik juda ko‘p miqdorda tabiatga zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan “OLIS OSMON” MCHJ direktor o‘rinbosari(ish yurituvchisi) F.N. va boshqalarga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan 18.12.2025 yilda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 1961-moddasi 3-qismi “a” bandi, 229-moddasi bilan
jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
22.12.2025 yilda viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan ish yurituvga olingan. 10.01.2026 yilda jinoyat ishi yuzasidan, bir nechta shaxslar so‘roq qilinib, dastlabki tergov harakatlarida davomida 390.869.579 so‘m moddiy zarar to‘liq qoplangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirib kelinmoqda.
Tergov departamenti.