O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Gazak va spirtli ichimlik janjalga sabab boʼldi

Namangan. 2020 yilning 09 avgust kuni soat 02:00 da Toʼraqoʼrgʼon tuman “Ibrat” MFY da yashovchi 45 yoshli M.R., sinfdoshi 45 yoshli R.M., bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilib, yana spirtli ichimlik isteʼmol qilish maqsadida M.R., ning yashash xonadonida bir dona tovuq soʼyib, R.M., bilan aroq va tovuq goʼshti masalasida oʼzaro gap tortishib qolib, temirdan yasalgan bolgʼa bilan M.R., ni oʼng oyoq boldir suyagiga bir marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

Tibbiy ekspertiza xulosasiga koʼra M.R., ning oʼng oyoq boldir suyagi ochiq sinishi kabi tan jarohati olganligi, ushbu jarohat ogʼirlik darajasiga koʼra OGʼIR tan jarohati ekanligi koʼrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toʼraqoʼrgʼon tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan fuqaro M.R.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda tergov harkatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech