Ziyofatning oxiri pichoqbozlik bilan tugadi
Toshkent viloyati. 2019 yil 21 dekabr kuni soat 13:30 da 51 yoshli A.A. tanishi O.G. bilan birgalikda Quyichirchiq tumani Nurafshon shahar Istirohat ko‘chasidagi oshxonalardan birida spirtli ichimlik iste'mol qilib o‘tirishib, o‘zaro kelishmovchilik natijasida kelib chiqqan janjal vaqtida, O.G. stol ustida turgan oshxona pichog‘i bilan A.A.ning qorin qismiga tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda, A.A. olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyidan qonga o‘hshash dog‘lari bo‘lgan oshxona pichog‘i tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Birlamchi tibbiy ma'lumotnomiga ko‘ra, fuqaro A.A.ning “qorin qismida sanchilib kesilgan” jarohati mavjudligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro O.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti