Ukasi uchun janjallashish, pichoqbozlikka olib keldi
Namangan. 2020 yilning 1 aprelь kuni soat 09:30 da mavsumiy ishchi, 33 yoshli M.Yu. Namangan shahri Margʼilon koʼchasida yashovchi, 22 yoshli А.А. uning ukasini urganligi sababli А.А. bilan oʼzaro janjallashib, janjal vaqtida qoʼlida boʼlgan osh pichoq bilan chap kurak sohasiga bir marotaba urib unga tan jarohati yetkazgan.
Natijada, А.А. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa sodir boʼlgan joyidan daliliy ashyo sifatida oshxona pichogʼi olingan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.