O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Zotdor kuchuklar oʼgʼrisiga nisbatan qoʼzgʼatilgan jinoyat ishi boʼyicha tergov yakunlandi

Toshkent viloyati. Tergov jarayonida aniqlanishicha, 2020 yilning 12 yanvarь kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxs soat 01:30 da, Chinoz tumani Yangi-Chinoz qoʼrgʼonida yashovchi 32 yoshli F.D.,ning yashash xonadoniga gʼayriqonuniy ravishda kirib, xonadon hovlisida joylashgan itxonasidan bahosi 200 АQSh dollari boʼlgan “Аlabay” zotli hamda bahosi 100 АQSh dollarlik “Stafort” zotli kuchuklarini yashirin ravishda egallab, hodisa sodir boʼlgan joyidan yashiringan.

Bundan tashqari shu tunning oʼzida soat 02:00 da ushbu qoʼrgʼonda yashovchi 57 yoshli А.B. (ayol),ning uyida hech kim yoʼqligidan foydalanib, erkin yoʼl bilan kirib, uyi hovlisidagi itxonasidan umumiy bahosi 8.000.000 soʼm boʼlgan 4 ta «Аlabay» nomli zotdor itlarini hamda umumiy bahosi 1.000.000 soʼm boʼlgan 4 ta xoʼrozlarini oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar davomida, ushbu jinoyatlarni Chinoz tumanida yashovchi 37 yoshli B.Sh., sodir etganligi aniqlanib, undan 4 ta «Аlabay» nomli zotdor itlar ashyoviy dalil sifatida olingan. B.Sh., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV Huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech