“Dovcha”ni qizg‘anish qimmatga tushadigan bo‘ldi
Surxondaryo viloyati. 2021 yilning 12 aprel kuni soat 19:45larda fuqaro 46 yoshli Sh.Ural Termiz shahar “Kokildor-ota” mahallasida joylashgan yashash uyi yonida voyaga yetmagan 13 yoshli T.Azizbek o‘ziga tegishli bo‘lmagan o‘rik daraxtidagi g‘o‘ra (Dovcha)larni olayotganligini ko‘rib, unga ketishini aytib haydagan va janjal vaqtida pichoq bilan voyaga yetmagan T.Azizbekning qorin sohasiga bir marotaba urib, jarohat yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasida T.Azizbek hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlar olganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.Uralga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti