Jahl ustida sodir etilgan jinoyat
Buxoro viloyati. 2023 yil 2 fevral kunidan 3 fevral kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida, Vobkent tumani Xalach qishlog‘ida yashovchi 52 yoshli R.E.ga tegishli bo‘lgan, “DAMAS” rusumli avtomashinani, o‘zi istiqomat kelib kelayotgan uyi yonida qarovsiz va kaliti o‘zida qoldirilganligidan foydalanib, o‘g‘rilik yo‘li bilan nomaʼlum tomonga haydab olib qochib ketgan.
Ushbu holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-modda 2-qismi “g” bandi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov va tezkor harakatlar natijasida, ushbu avtomashina viloyat IIB YHXB inspektori tomonidan A-380 avtomobil yo‘lining 369-kilometrida to‘xtatilganda, uni Vobkent tumani Xalach qishlog‘ida yashovchi voyaga yetmagan 17 yoshli T.Sh. (qiz) olib qochib ketayotganligi aniqlangan.
Jinoyat ishi doirasida, voyaga yetmagan T.Sh.dan, nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l o‘rganligi so‘ralganida, u jabrlanuvchi bilan yo‘lining 249-km.da ko‘rishgan vaqtida o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida R.E. uni haqorat qilganligidan jahl ustida 2 fevral kunidan 3 fevral kuniga o‘tar kechasi soat 03:45 larda R.E.ning uyi oldiga kelib, avtomashinasining kaliti o‘zi turganidan foydalanib olib qochganligini maʼlum qilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti