O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Janjal alamini avtomashinadan oldi

Buxoro viloyati. 2022 yil 06 fevraldan 07 fevralga o‘tar kechasi soat 02:58 da nomaʼlum shaxs G‘ijduvon tumani “A.Donish” ko‘chasidagi 78-uy oldida turgan 37 yoshli B.F., ga tegishli “Lacetti” rusumli avtomashinasiga tez yonuvchan yoqilg‘i sepib, avtomashinani yoqib yuborib, uni qasddan nobud qilib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 173-modasi 2-qismi “b” bandi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumanida yashovchi 33 yoshli R.A. va 45 yoshli Ya.A.,lar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Tergov davomida, jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda, R.A. bir ko‘chada yashovchi jabrlanuvchi B.F. bilan bir necha kun oldin o‘zaro kabutar ustida janjallashganligi, shundan so‘ng shu kuni tanishi Ya.A. bilan birga spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda tungi soat 2:50 larda 42.000 so‘m evaziga 5 litr hajmdagi yelim idishga benzin yoqilg‘isi sotib olib, B.F.,ning uyi oldida turgan avtomashina ustiga yoqilg‘i sepib yoqib yuborganligi maʼlum bo‘lgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech