Jarimani to‘lamaslik uchun boshqa avtomashina davlat raqamini taqib olgan
Toshkent shahar. 2023 yil 13 aprel kuni 27 yoshli A.g. “102” xizmatiga murojaat qilib, opasi 33 yoshli K.M.ga tegishli bo‘lgan oq rangli “Moskvich M21412” rusumli avtoulovdan old va orqa tomonlardan davlat raqami belgilarni nomaʼlum shaxs tomonidan yechib olganligini maʼlum qilib, davlat raqami belgilarni topishda va yechib olgan nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rish so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Yanghayot tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksing 227-moddasi 1-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni joriy yilning 12 aprel kunidan 13 aprel kuniga o‘tar kechasi soat 03-00 larda 19 yoshli T.J. sodir etganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchiga tegishli avtoulovining oldi va orqa tarafidagi bo‘lgan davlat raqami belgilarni ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Jinoyat ishi doirasida, gumonlanuvchi so‘roq qilinib, undan nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganligi so‘ralganda, u o‘zining tanishi bo‘lgan X.U.tomonidan boshqarib yurgan “Lacetti Gentra”ga ko‘p jarimalar kelib, ularni tulashga mablag‘i bo‘lmaganligi sababli va avtoulovni jarima maydonchasiga joylashtirilishidan qo‘rqib, unga yordam sifatida “Moskvich M21412” rusumli avtoulovidan davlat raqami belgilarini yechib olib, tanishi boshqaradigan qora rangli “Lacetti Gentra” rusumli avtoulovi davlat raqami belgilari bilan almashtirib kuyganligini maʼlum qilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi
mayor B.Z.Xamdamov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti