O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Moʼmay pulga umid qilgan jabrdiyda “kotyol”dan va puldan quruq qoldi

Navoiy. 2020 yilning 01 aprelь kuni 39 yoshli Z.I., Karmana tumani IIB ga ariza bilan murojaat qilib, unda tanishi 40 yoshli O.S., uning ishonchiga kirib, 2020 yilning yanvarь oyida unga tegishli boʼlgan “Isiqxona pechi” (kotyol)ni qimmatroq narxga yaʼni 66.500.000 soʼmga sotib berishni vaʼda qilib, ushbu pechni aldov yoʼli bilan qoʼlga kiritib boshqalarga sotib yuborganligini va hozirgi kunga qadar pullarni bermay kelayotganligi maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan O.S., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech