O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

4 daqiqada o‘g‘rilikni sodir etgan ayol sud oldida javob beradi

Toshkent shahar. 2020 yilning 19 yanvar kuni soat 12:42 dan 12:46 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani Avaz Otar ko‘chasida joylashgan uylarning biriga kirish eshigi ochiqligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 28 yoshli M.D., ga (ayol) tegishli bo‘lgan narxi narhi 33.379.906 so‘m bo‘lgan turli xil ayollar taqinchoqlarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni 37 yoshli X.S. (ayol) sodir etganligi aniqlangan va jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “shaxsiy kafillik” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech