O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qizaloqlarning qulog‘idan ziraklarini tunagan ayol ushlandi

Andijon. 2020 yilning 26 noyabr kuni soat 12:30 larda fuqaro 26 yoshli Zulfiyaxon I., o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida maktab o‘quvchilari hisoblangan voyaga yetmagan 8 yoshli Rayyona Sh., va 7 yoshli Zarina A., larning yolg‘iz kelayotganligidan foydalanib, ularga bayram tabrigi olib borishni aytib, Rayyona Sh., Zarina A.,ning qulog‘idan 2 juft ziraklarini yechib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Shuningdek, 2020 yilning 27 noyabr kuni soat 13:00 larda fuqaro Zulfiyaxon I., o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Andijon shahar A.Temurshoh ko‘chasida maktab o‘quvchisi voyaga yetmagan 9 yoshli Munisa N., ni yolg‘iz kelayotganidan foydalanib, unga bayram tadbirida ishtirok etishini aytib, qulog‘idan bir juft ziraklarini yechib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, gumon qilinuvchi Zulfiyaxon I.,dan jabrlanuvchilar Rayyona Sh., va Zarina A.,larga tegishli bo‘lgan sirg‘alar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Zulfiyaxon I.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB

huzuridagi Tergov boshqarmasi

katta tergovchisi M.Soliyev

Text to speech