Shavqatsizlarcha kaltaklangan shaxs vafot etdi
Toshkent viloyati. 2020 yil 08 iyunь kuni soat taxminan 23:00 da fuqaro 30 yoshli Sh.K., tanishlari 27 yoshli Sh.R. va 26 yoshli B.А., lar bilan bir guruh boʼlib, Qibray tumani Yoshlik koʼchasida oʼzlariga oldindan tanish boʼlgan 27 yoshli D.B., bilan oʼrtalarida yuzaga kelgan ogʼzaki kelishmovchilik natijasida janjallashib, janjal vaqtida ular D.B.,ni bosh-yuz sohasi va tanasining turli joylariga qoʼl va oyoqlari bilan bir necha marotaba urib-doʼpposlab, tan jarohati yetkazishgan.
Natijada D.B., ogʼir tan jarohati olib, hodisa sodir boʼlgan joyda vafot etgan.
Holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan fuqarolar Sh.K., Sh.R. va B.А.,larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining oʼlimiga olib kelgan qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Ushbu fuqarolar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti