Jiyanining pullari deb amaki bezorilik sodir qildi
Namangan viloyati. 2021 yil 06 fevral kuni soat 22:30 larda 38 yoshli Bahodir M., mast holatda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan To‘raqo‘rg‘on tumani M.Qayumov ko‘chasida yashovchi Xolmurod T., ning xonadoniga borib, jiyaniga tegishli qarz pullarini berishini talab qilgan holda baqir-chaqir qilib, boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasini chetga olib qo‘ymoqchi bo‘lgan Xolmurod T.,ni ko‘rib qolib avtomashinaning oynalariga tosh otib, uning o‘ng quloq sohasiga urib tan jarohati yetkazgan. Natijada Xolmurod T., ga 1.225.000 so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Sud tibbiy ekspertizada Xolmurod T.,da “yengil” tan jarohatlari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Bahodir M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti