O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jinoyat izlarini yashirish maqsadida boshqa viloyatga yo‘l oldi

Jizzax viloyati. 2022 yil 3 fevral kuni Jizzax shahar IIB boshlig‘ining nomiga Mirzacho‘l tumani Madaniyat ko‘chasida istiqomat qiluvchi 18 yoshli U.M. ariza bilan murojaat qilib, arizasida, shu kuni soat 19:30 larda Jizzax shahar “O‘ratepalik” mahallasi hududida yolg‘iz ketayotgan vaqtida, nomaʼlum shaxs uni urib, tan jarohati yetkazib, yonida bo‘lgan narxi 1.400.000 so‘mlik “A10S” rusumli telefon apparati hamda 200.000 so‘m naqd pullarini talonchilik yo‘li bilan tortib olib, nomaʼlum tomonga yashiringanligini maʼlum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar davomida, ushbu jinoyatni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan, 19 yoshli X.A. sodir etganligi aniqlanib, X.A. Qashqadaryo viloyatida ushlangan.

Qonunbuzardan telefon apparati taqdiri so‘ralganda, u apparatni Samarqand viloyatiga borib, maishiy texnika do‘konlarining birida, sotuvchiga talonchilik yo‘li bilan egallagan telefon apparatini o‘ziniki sifatida 720.000 so‘m evaziga sotib yuborganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departament

Text to speech