Karantin sharoitida Qashqadaryolik yigit Zangiotada avtomashina olib qochdi
Toshkent viloyati. 2020 yilning 09 may kuni soat 06:30 da, Qashqadaryo viloyatida doimiy roʼyxatda turib, vaqtincha Zangiota tumanida yashab kelayotgan 36 yoshli B.R., Zangiota tumani Obod maskan koʼchasida qurilishi tugallanmagan xonadon darvozaxonasida turgan 61 yoshli R.M., ning “Spark” rusumli avtomashinasini kaliti oʼt oldirish joyida tiqilgan holatda qarovsiz qoldirib ketilganligidan foydalanib, avtomashinani olib qochib ketgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, B.R., olib qochgan avtomashinani Nazarbek qo‘rg‘oni hududida boshqarib ketayotgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti