O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jizzax viloyatida 60 yoshli fuqaro og‘uni sotayotgan vaqtida ushlandi

Jizzax viloyati. 2022-yil 04-yanvar kuni soat 14:00 larda viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sharof Rashidov tumanida yashovchi 60 yoshli M.B. shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga bir dona “Spichki” yozuvli gugurt qutisiga solingan yashil rangli o‘ziga xos o‘tkir hidli o‘simlik moddasini 600.000 so‘m pul evaziga o‘tkazayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Fuqaro M.B. shaxsiy tintuv qilinganda uning egnida bo‘lgan qora rangli nimtasining chap cho‘ntagidan daftar qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik mavjudligi aniqlanib, o‘simliklar tekshirib ko‘rishlik uchun tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tezkor tadbir davomida olingan bir dona “Spichki” yozuvli gugurt qutisiga solingan hamda bir dona daftar qog‘oziga o‘ralgan yashil rangli o‘ziga xos o‘tkir hidli o‘simlik moddalari tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bu modda “MARIXUANA” ekanligi va ularning sof og‘irligi 2.43 grammga teng ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (ozginadan ko‘proq miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech