O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jizzaxdagi bosqinchilik, haydovchi avtomashinani tashlab, qochib qutuldi

Jizzax viloyati. 2022 yil 22 fevral kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 31 yoshli B.R. G‘allaorol tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 22:30 larda Samarqand shahar “Ulug‘bek” avtoshohbekatidan o‘ziga tegishli bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtouloviga Toshkent shaharga olib borib qo‘yish uchun 2 nafar notanish yo‘lovchilarni o‘tkazib, G‘allaorol tumani Ko‘kgumbaz MFY hududidan Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotganida, orqa o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchilardan biri uning qo‘lida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism bilan uning bo‘yin sohasiga tiragan vaqtida, avtomashina old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi esa uning yuz va qorin qismiga mushtlab urib, avtomashinasini to‘xtatishini talab qilishib, haydovchi B.R. ularning talablarini bajarib avtomashinani yo‘lning qatnov qismiga to‘xtatib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketganligini, nomaʼlum shaxslar esa avtoulov salonida bo‘lgan kurtkasini hamda ichki cho‘ntagida bo‘lgan 1.200 AQSH dollari va “REDMI-10S” rusumli qo‘l telefon apparatini olib ketishganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyatida yashovchi 22 yoshli O.Sh. hamda Qashqadaryo viloyatida yashovchi 24 yoshli P.L. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlanishgan.

Tergov davomida qonunbuzarlardan telefon apparati hamda olib ketilgan pullar taqdiri so‘ralganda, ular bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan “REDMI-10S” rusumli uyali telefon apparatini Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan “Farxod” bozorida o‘zlariga notanish bo‘lgan fuqaroga 1.000.000 so‘mga sotib yuborganliklari, jabrlanuvchi arizasida ko‘rsatgan 1.200 AQSH dollari miqdoridagi pullar esa o‘g‘irlanmaganligi, aksincha pullar jabrlanuvchining o‘zida ekanligi aniqlangan.

Tergov harakatlari davomida ayblanuvchilar doirasi aniqlanib huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech