Olib qochgan avtomashinasida boshqaruvni eplay olmay YTH sodir etgan jinoyatchi ushlandi
Buxoro viloyati. 2020 yilning 03 oktyabr kuni soat 23:30da 23 yoshli Sh.S., spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda Vobkent tumani, “O‘ba Kulolon” ko‘chasidagi aylanma yo‘lning chetki qismida turgan, 20 yoshli I.X., ga tegishli bo‘lgan, kulrang “MATIZ” rusumli avtomashinaning eshiklari qulflanmaganligi va o‘t oldirish qismida kaliti qoldirib ketilganligidan foydalanib, mazkur avtomashinani olib qochib, Shofirkon tumani “Boboato” MFY qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lda yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Vobkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.S.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti