2021 yil 16 yanvar kuni Namangan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida yil yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2021 yil 16 yanvar kuni Namangan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev huzurida 2020 yil 12 oyi davomida Namangan viloyat ichki ishlar organlari tergov va ekspertiza kriminalistika bo‘linmalarining ish yakunlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar, tergov sifati, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov o‘tkazish vaqtida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama etilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish va oldini olish, huquq-tartibotni, fuqarolarning osoyishtaligi hamda xavfsizligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini taʼminlash yo‘lidagi xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni oldini olish hamda faoliyatlarida fidoiylik namunasini ko‘rsatib, o‘z xizmat burchlariga vijdonan va sidqidildan yondashib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan 7 nafar tergov, 3 nafar kriminalist ekspert xodimlarga “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yuqori ish ko‘rsatkichlarga erishganliklari uchun Uychi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasiga kompyuter jamlanmasi, Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasiga zamonaviy printer (“3v1”), Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasiga rangli printer topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti