Qarshida navbatdagi sayyor qabul.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan, joriy yilning 07 fevral' kuni Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan Qarshi shahar Xalq qabulxonasida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 11 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 9 nafarining murojaatlari joyida qanoatlantirildi, 2 nafar fuqaroning murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Hozirda tasdiqlangan reja asosida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti