O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Аholi bilan ochiq muloqot o'tkazish maqsadida, joriy yilning 31-oktabr (shanba) kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatovning navbatdagi sayyor qabuli oʻtkaziladi.

✅ Qabul IIV huzuridagi “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi binosida soat 10:00 da boshlanadi.

 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Beruniy koʻchasi, 3-uy.

❗️ Fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qabul quyidagi tartibda tashkil etiladi:

Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun — soat 10:00 dan 18:00 gacha;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar aholisi uchun — onlayn tarzda, soat 18:00 dan 22:00 gacha videokonferensaloqa orqali.

Hududlardan ishtirok etuvchi fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV hamda viloyatlar IIBlari binolarida joylashgan maxsus studiyalar orqali qabulda qatnashish imkoniyatiga ega.

Text to speech