Qoraqalpoq yoshlari bilan uchrashuv
Joriy yilning 29 yanvar kuni, Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik M.Raxmatullaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi faxriylar kengashi raisi, senator Sh.Usnaddinov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, iste'fodagi polkovnik O.Turdaqov hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i sudi sud'yasi T.Turdimuratovlar ishtirokida mazkur oliygohda tahcil oluvchi talaba yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda davlat miqyosida qaratilayotgan e'tibor natijasida yoshlarga yaratilayotgan sharoitlardan oqilona foydalanib, kelajakda yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berishdi.
Tadbir davomida talaba yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan atroflicha javoblar olishdi.
Uchrashuv davomida, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda hamda jamoat ishlarida, faol ishtirok etgan bir nechta talaba yoshlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tashakkurnomalari topshirildi.
Tadbirning ikkinchi qismida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlarining maxsus avtotransport vositalari va qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi hamda alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qolgan hududlarida ham vazirlik rahbariyati tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti