“1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi shaxsiy tarkibi Buxoro shahrida joylashgan “Bolalar uyi”ga tashrif buyurdi
“1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar.
Mazkur bayram munosabati bilan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari Buxoro shahrida joylashgan “Bolalar uyi”ga tashrif buyurib, maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etdilar. Tadbir davomida Bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga badiiy va ertak kitoblari to‘plamlari, o‘quv qurollari tarqatildi hamda shirinliklar ulashildi.
Bayram yakunida Tergov boshqarmasi nomidan bayram tabrigi sifatida tarbiyalanuvchilarga Buxoro shahar “Qo‘g‘irchoq teatri” tomonidan spektakl tomoshasi namoyish etildi.
Tadbir barcha bolajonlarda iliq taʼsurotlar qoldirdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti