Qo‘ng‘irot tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
2021 yil 03 iyun kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘ng‘irot tumanidagi Xalq qabulxonasi bo‘limi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan Qo‘ng‘irot tumani Xalq qabulxonasi bo‘limi boshlig‘i B.S.Najimatdinov, Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik B.I.Torebekov hamda tegishli tashkilotlar masʼul rahbarlari ishtirokida Qo‘ng‘irot tumani aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida, vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan fuqarolarning turli masalalaridagi murojaatlari qabul qilindi.
Jumladan, fuqarolarning “majorali uy-joy masalasida huquqiy va amaliy yordam berish hamda yoshga doir nafaqaga chiqishda yordam berish” kabi masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, 3 nafar 16 yoshga to‘lgan voyaga yetmaganlarga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Shundan so‘ng, vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tumandagi fuqarolardan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan “Hakim-ota” MFYga borib, mahalla raisi va faollari bilan uchrashib, jinoyatlarning sodir etilishigaimkon bergan shart-sharoitlar o‘rganildi. Kelgusida mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, jamoat xavfsizligi va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olishda “mahallabay” va “xonadonbay” ish tashkil etish yuzasidan lozimligi haqida tushuntirilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Hamda hudud profilaktika inspektorlari faoliyati bilan tanishib, tegishli masʼullarga huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti