O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

17 noyabr Xalqaro talabalar kuni (International Students‘ Day)

Xar yili Xalqaro talabalar kuni (International Students‘ Day) 17 noyabr kuni nishonlanadi. Ushbu kun 1941 yili Londonda fashizmga qarshi kurashayotgan talabalarning uchrashuvi vaqtida joriy qilingan, biroq ushbu bayram bir necha yildan so‘ng yaʼni 1946 yildan buyon keng nishonlanishni boshlangan. Bayram chexiyalik vatanparvar studentlarning xotirasiga bag‘ishlanib joriy qilingan.

1946 yil 17 noyabr kuni Praga shahrida butun dunyo talabalar kongressida tasdiqlangan. Albatta, bu bayramni yoshlik, xushchaqchaqlik va romantika deb esga olinadi. Lekin uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslavakiyada boshlangan fojiali voqealarga bog‘liq. 1939 yil 28 oktyabrda fashistlar tomonidan Chexoslovakiyaning Praga shahridagi talabalar va ularning o‘qituvchilari Chexoslavakiya davlatining taʼlim bayramini(1918 yil 28 oktyabr) nishonlash uchun namoyishga chiqqanlar.Bosqinchilar namoyishchilarni tarqatib yubordilar. Lekin shu to‘polonda tibbiyot fakultetining talabasi Yan Opletal otib o‘ldirilgan.

1939 yil 15 noyabr Yan Opletalni dafn etish marosimi norozilik namoyishiga aylanib ketdi. 17 noyabr kuni ertalab gestapochilar va eseschilar talabalar yotoqxonasini o‘rab oldilar. 1200 dan ortiq talabalar hibsga olinib, Zaksenxauzen konslageriga qamalganlar. 9 ta talaba harakatning faollari sifatida Ruzine rayonidagi qamoq devorlari orasida, sudsiz o‘ldirilgan.

Bundan tashqari, urushning oxirigacha Chexiyadagi hamma oliy o‘quv yurtlari yopilgan. Bu voqealarga asoslanib, butun dunyo talabalar kongressida xalqaro talabalar kunini o‘tkazish belgilandi. Hozirgi kunga kelib, dunyoning ko‘pgina davlatlari bu bayramni nishonlaydi.

Text to speech