Tergov departamentida o‘quv mashg‘uloti
2020 yilning 14 noyabr kuni soat 11:00 da, IIV huzuridagi Tergov departamentining “Maʼnaviyat va maʼrifat” zalida, Tergov departamentining barcha darajadagi rahbar va xodimlari ishtirokida, “Murakkab va ko‘p epizodli jinoyat ishlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, metodikasi, isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar, shaxslarning harakatlarini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishi, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar” mavzusida, Tergov departamentida tergov harakatlari olib borilib, yakuniga ko‘ra tegishli sudlov organlariga yuborilgan “Avto-60 oy” MCHJ bilan bog‘liq jinoyat ishi misolida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashg‘uloti Tergov departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik O.T.Qulbekov tomonidan ochib berilganidan so‘ng, bo‘lim boshlig‘i mayor A.A.Dolixodjayev rahbarligida, o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchi mayor M.T.Raxmatullayev tomonidan olib borildi.
Mayor M.T.Raxmatullayev mavzuni yoritishda “Avto-60 oy” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan jinoyat ishi bo‘yichatergov harakatlariniolib borishda qo‘llanilgan yangicha usul va uslublar haqida tushunchalar berib, mazkur jinoyat ishi keng hajmda bo‘lganligi sababli ko‘p muddat va mehnat talab qilishini inobatga olib, mazkur usul hamda uslublar qo‘llanilganligi, amaliyotga joriy etilgan ushbu uslub jinoyat ishini protsessual muddatlarida va sifatli tergov qilinishida alohida ahamiyat kasb etganligini, shuningdek, murakkab va ko‘p epizodli jinoyat ishlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, metodikasi, isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar, shaxslarning harakatlarini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishi hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar xususida to‘xtalib, kelgusida shu kabi jinoyat ishlarini tergov qilishda hosil qilgan boy tajriba va ko‘nikmalarini, yangicha usul hamda uslublardan Respublikaning boshqa hududlarida ham keng foydalanish ijobiy natijalari berishi alohida taʼkidlanib, o‘zining maʼruzasini elektron doska yordamida mavzuga oid slayd va boshqa qo‘llanmalardan foydalangan holda to‘liq ochib berdi. O‘quv mashg‘uloti juda qizg‘in va munozalarga boy, savol-javob shaklida o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti