O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

22.01.2021 yilda You Tube ijtimoiy tarmog‘i “NUKUS ONLINE”kanali orqali fuqaro Venera M.,ning bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklanganligi holati aks etgan video tarqalganligi yuzasidan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 2020 yilning 16 dekabr kuni soat 08:00 da Beruniy tumani A.Qahhor ko‘chasida yashovchi 25 yoshli Rasul S., yaqin qarindoshlari bilan birga Beruniy tumani “Bunyodkor” MFYda 30 yoshli Venera M. va 39 yoshli Nasiba M.,lar bilan o‘zaro janjallashib qolib, janjal davomida Rasul S., qo‘llari va oyoqlari bilan Venera M. va Nasiba M.,larning boshi va tanasining turli joylariga urib, qasddan badaniga shikast yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida, fuqaro Nasiba M.,ga og‘irlik darajasi bo‘yicha “yengil” tan jarohati yetkazilganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan 30.12.2020 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, Rasul S., o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran 2021 yilning 11 yanvar kuni soat 09:30 da Beruniy tumani “Shabboz” dehqon bozori orqa kirish darvozasi oldida, Venera M.,ni boshining tepa qismiga qo‘l va oyoqlari bilan tepib tan jarohati yetkazgan.

Shuningdek, Rasul S., takroran o‘zining akasi Janibek S. va ukalari Jasur S. va Islom S. hamda onasi Dilbar A., opasi Nargiza S.,lar bilan Beruniy tumani, “Shabboz” dehqon bozori orqa kirish darvozasi oldida Venera M. va uning opasi Nasiba M. hamda Anora M.,larning bozordagi savdo rastasida turgan narsalarini sochib, stollarini sindirib, bu holatni video tasvirga olib turgan video kamerasini tayoq bilan sindirib, o‘zgalar mulkini nobud qilganlar.

Dastlabki tergov jarayonida, jinoyat ishi 19.01.2021 yilda JKning 109-moddasi 2-qismidan JKning 277-moddasi 3-qismi “a” bandiga (bezorilik) qayta malakalanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovning har tomonlama to‘la va xolisona olib borilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan, dastlabki tergov yakuniga ko‘ra, janjalda ishtirok etgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech