O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mirzaobod tumani aholisi uchun o‘tkazilgan sayyor qabul jarayonidan

2020 yilning 24 noyabr kuni Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Sh.Sharipov tomonidan Mirzaobod tuman xalq qabulxonasida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul jarayonida jami 22 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Shundan, 15 ta murojaat uy-joy masalasida, 2 tasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish, qolgan 5 tasi kredit, moddiy yordam olish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kommunal, pul oldi-berdi masalasida murojaatlar qabul qilinib, ularning 9 tasi joyida qanoatlantirildi hamda 13 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Sh.Sharipov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech