Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʼrinbosari tomonidan, Moʼynoq tumani IIBning ish faoliyati oʼrganildi.
Joriy yilning 05 iyun kuni Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʼrinbosari-Tergov boshqarmasi boshligʼi podpolkovnik M.T. Raxmatullaev tomonidan Moʼynoq tumani 3-sektorida pandemiya va global iqtisodiy inqiroz sharoitida aholi bandligi va farovonligini taʼminlash, kambagʼallikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam koʼrsatish, tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda ish oʼrinlarini koʼpaytirish masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar oʼrganilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, Moʼynoq tumani faollari bilan birgalikda, joriy yilda huquqbuzarlik va jinoyat oshgan mahallada yaʼni “Boʼzatov” OFYda sodir etilgan oʼgʼirlik va bezorilik jinoyatlari muhokama qilinib, mazkur jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlari oʼrganilib, kelgusida jinoyatlarning profilaktikasi boʼyicha amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar belgilandi hamda ushbu uchrashuvda fuqarolarning murojaatlari ham koʼrib chiqildi.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti