O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

"25-oktabr Ichki ishlar xodimlari kuni" bayrami munosabati bilan nafaqadagi xodimlarning holidan xabar olindi

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tergov tizimida uzoq yillar samarali xizmat qilib, hozirda nafaqa gashtini surib kelayotgan Muxammadjon Abdufattayev, Olimjon Dolimov, Sodiqjon Axmedov, Muxammadjon Abdusamatov, Omonulla Umarov, G‘ulomjon Maxmudov, Nodirbek Abduraximov va Yoqubjon Qosimovlarning yashash xonadonlariga borilib, ularni “25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining tabriknomasi hamda o‘zlarining xizmat faoliyatlari aks etgan “Tergov faxriylari” kitoblari topshirildi.

Bu kabi ezgu tadbirlar faxriylarning el-yurt osoyishtaligi yo‘lidagi beqiyos xizmatlarini qadrlash bilan birgalikda yosh xodimlarning qalbida Ichki ishlar tizimiga bo‘lgan hurmat va ehtiromini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech