O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fuqarolar uchun navbatdagi qabul tashkillashtirildi

Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni sohaga doir qiynayotgan masalalarini aniqlash va ularga qonuniy yechim topish maqsadida navbatdagi qabul o‘tkazildi.

O‘tkazilgan qabul davomida fuqarolarning tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov harakatlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari qabul qilinib, atroflicha o‘rganib chiqildi.

Har bir murojaat Tergov boshqarmasi rahbari tomonidan alohida nazoratga olingan holda ularning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar va ko‘rsatmalar berildi.

Tergov departamenti

Text to speech