Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, barcha shahar-tuman tergov boʻlinmalari, sud va prokuratura xodimlari ishtirokida axborot-texnologiyalari sohasida sodir etilayotgan jinoyatlar yuzasidan oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
Joriy yilning 04-fevral kuni Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, barcha shahar-tuman tergov boʻlinmalari, sud va prokuratura xodimlari ishtirokida axborot-texnologiyalari sohasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni oldini olish, fosh etish hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Oʻquv mashgʻuloti davomida axborot-texnologiyalari sohasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni oldini olish, tergov qilish metodikasi boʻyicha sud va kiberxavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan maʼruza qilinib, xodimlarga zaruriy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, xodimlarga 28.01.2025-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1022-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham yetkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti