Хизмат интизоми қонунийлик гаровидир!
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi xizmat intizomini mustahkamlash hamda qonuniylikka rioya etilishini taʼminlash masalalariga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Тergov boshqarmasi va uning quyi boʼlinmalari, surishtiruvchi va tergovchilari, soha faxriylari, ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari, turmush oʼrtoqlari ishtirok etdilar.
Yigʼilish avvalida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari Mansur Sattarov ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash boʼyicha qilinayotgan ishlar toʼgʼrisida atroflicha soʼz yuritdi.
Shuningdek, xodimlarning axloqiy-ruhiy holatini nazorat qilish, psixologik xizmat sifatini oshirish yuzasidan fikrlar bildirildi. Xuddi shunday, faollarni ragʼbatlantirish, intizomni buzganlarga tegishli tartibda chora koʼrish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Yigʼilish davomida taʼmagirlik, poraxoʼrlik, xizmat vazifasini suʼistemol qilish bilan bogʼliq illatlarga yoʼl qoʼymaslik, bunday holatlar yuz berganda koʼrilajak choralar haqida maʼlumot berildi.
Tadbir davomida ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari ham soʼzga chiqdilar.
Jamoat xavfsizligi hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoyalashga qaratilgan bu kabi tadbirlar viloyatdagi ichki ishlar organlarining barcha sohaviy xizmatlarida boʼlib oʼtmoqda.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati