O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kun qahramoni

1992 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. IIV Akademiyasida tahsil olgan. Xizmat faoliyatini 2016 yili Nukus shahar IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limida tergovchi lavozimida boshlagan. Hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tergov faoliyatini tashkillashtirish bo‘limining tergovchisi vazifasida xizmat ko‘rsatmoqda.

Kapitan Bayram Batirov Minsk shahrida qabul qilingan «Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi» Konvensiyasi asosida Qozog‘iston Respublikasidan 5 ta va Rossiya Federatsiyasidan 7 ta jami 12 ta Tergov topshirig‘ini to‘liq va sifatli bajarib, tegishli tartibda ushbu davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga yuborgan.

O‘z zimmasidagi masʼuliyatni doimo his etib, topshirilgan vazifalarni sidqidildan bajaradi. Shu bois ham jamoada munosib o‘rniga ega. Bo‘sh vaqti kam bo‘lsa-da, undan unumli va samarali foydalanishga harakat qiladi. Badiiy adabiyotlar, ayniqsa, jahon adabiyoti durdonalarini sevib mutolaa qiladi. Ingliz tilini mukammal o‘rganishga bel bog‘lagan.

Darhaqiqat, har bir kasb, ayniqsa, ichki ishlar organlari tizimida ishlash fidoyilikni talab etadi. Kimki o‘z ishiga mehr qo‘yib mehnat qilsa, albatta, el-yurt orasida qadr topadi, odamlarning hurmat-eʼtirofiga sazovor bo‘ladi. Kapitan Bayram Batirov ana shunday qadr va eʼtirof topa olgan fidoyi xodimlardan biri desak sira mubolag‘a bo‘lmaydi.

Adolat FAYZIYEVA,

“Postda” muxbiri.

Text to speech