5 oylik sarhisobi – Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi
2020 yilning 13 iyun kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari tergov bo‘linmalarining faoliyati bo‘yicha 2020 yilning 5 oylik yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Alimov Zafar Qodirjonovich ochib berib, bugungi kunda Ichki ishlar organlari tizimida, shu jumladan, tergov xizmatida tub islohotlar amalga oshirilib, xodimlarga yetarli shart-sharoitlar yaratish, xodimlarni ijtimoiy himoyalash hamda moddiy-texnik bazani rivojlantirishga asosiy e'tibor qaratilayotganligini, shu sababli har bir tergov va surishtiruv xodimlari ish yurituvidagi jinoyat ishlarini sinchkovlik bilan o‘rganib, qonun ustuvorligini ta'minlash, adolat, halollik hamda insonparvarlik tamoyillariga qat'iy rioya etishlari zarurligini, rahbar xodimlar qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibi ustidan nazoratni kuchaytirib, ustoz-shogird an'analarini davob ettirib, xizmat burchiga sidqidildan yondoshib kelayotgan xodimlarni rag‘batlantirishga alohida etibor qaratish lozimligini, ammo xizmat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan ham keskin choralar ko‘rish lozimligini ta'kidlab o‘tdi.
Hisobot yig‘ilishida Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan erishilgan yutuqlar bilan birga, tergov xodimlari tomonidan sodir etilgan salbiy holatlarga ham to‘xtalib o‘tilib, kelgusida salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bundan tashqari, vazirlik huzuridagi Tergov departamentining 2019 yil 10 avgust kunidagi 18/4434-sonli ko‘rsatmasi talablari ijrosini ta'minlash hamda xodimlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash va madaniy-ma'rifiy dam olishlarini tashkillashtirish yo‘nalishida ishlarni kuchaytirib, karantin talablariga rioya qilgan holda tadbirlarni davom ettirilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda tergov idoralari xodimlarini halol, mehnatsevar, xalq manfaatini shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yadigan xodimlar bilan jamlash choralarini ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish yakunida Bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Z.Q.Alimov, kelgusida har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashishi, xalq manfaatlariga xizmat qilishni o‘zining burchi deb bilishi, hamda xizmat intizomi va qonunchilikka qat'iy rioya etishi zururligini ta'kidlab, barcha xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatiga muvaffaqqiyatlar tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti