O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshligʼining sayyor qabuli

Tergov departamentining koʼrsatmasiga asosan joriy yilning 09 iyun kuni Jizzax viloyati IIB boshligʼining oʼrinbosari - Tergov boshqarmasi boshligʼi podpolkovnik M.А. Sattarov tomonidan Jizzax shahrida oʼtkazilgan sayyor qabul davomida jami 5 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Qabul jarayonida fuqarolar X.А. va А.Gʼ.,larning arizasi yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, jinoyat ishi qoʼzgʼatishni rad qilish haqida qaror qabul qilinganligini maʼlum qilishdi. Аriza mualliflariga, toʼplangan hujjat boʼyicha jinoyat ishi qoʼzgʼatish masalasini hal qilib, jinoyat ishining tergovi davomida barcha vajlari tekshirilishi haqida tushuntirishlar berildi.

Fuqaro P.R.ning arizasi koʼrib chiqilib, Zafarobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan JPKning 84-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida qaror qabul qilingan.Аriza muallifga, jinoyat ishi va qabul qilingan qarorning qonuniyligi viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan oʼrganib chiqilishi va natijasi boʼyicha qoʼshimcha ravishda maʼlumot berilishi tushuntirildi.

Viloyat Tergov boshqarmasi boshligʼining qabuli davomida murojaatlarning 3 tasi joyida qanoatlantirildi va 2 tasi boʼyicha tushuntirishlar berilib, vajlari tergov jarayonida koʼrib chiqilishi tushuntirildi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Jizzax viloyati IIB boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik M.А.Sattarov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar oʼtkazilishi davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech