O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Жорий йилнинг 9-12 июнь кунлари Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги масъул ходимлари ва вилоят ИИБ ҳузуридаги Тергов бошқармаси бошлиғи томонидан сайёр қабуллар ўтказилди

Joriy yilning 9-12 yiyunь kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri, Kasbi, Muborak, Shahrisabz, Yakkabogʼ va Gʼuzor tumanlaridagi belgilangan hududlarda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari (Sh.Xodjaev, O.Joʼraboev, X.Maxsumov va R.Bazarov) tomonidan 306 nafar fuqarolar bilan bevosita ochiq muloqot oʼtkazilib, shundan 161 ta murojaat qabul qilindi.

Qabulda 52 ta ichki ishlar organlariga ish-oʼqishga kirish, 17 ta surishtiruv va tergov masalalarida, 10 ta mol-mulk va boshqa buyumlarni olib qoʼyish yoki qaytarmaslik, 56 ta fuqarolik va pasport-viza, 1 ta yul xarakati xavfsizligini taʼminlash, 3 ta jazoni ijro etish bilan boglik, 10 ta minnatdorchilik, 8 ta ichki ishlar organlari xodimlarining xatti xarakatlaridan norozi, 2 ta IIO lariga oid boʼlmagan boshqa masalalar, 2 ta ichki ishlar organlariga oid bulgan masalalarga oid murojaatlar qabul qilindi.
Qabul jarayonida muammolarning 70 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qoʼshimcha oʼrganish talab etiladigan 57 ta murojaatlarni koʼrib chiqilishi nazoratga olindi. 34 tasi boʼyicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berildi.

Misol uchun, Kitob tumani Beshterak MFYda yashovchi fuqaro Raxmonov Nurbekni fuqarolar D.Marqaev va E.Marqaevlarni Litva davlatiga ishga yuborish uchun 1500 АQSh dollari olib, ularni aldab ishga yubormasdan, hozirgi kunga qadar pullarini qaytarib bermaganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatishni rad qilish haqidagi qarorni bekor qilish toʼgʼrisida prokuratura organlariga taqdimnoma kiritildi.

Shuningdek, Qarshi shahar Bahor koʼchasi 5-uyda yashovchi fuqaro Аdilova Zulfiyani ukasi yashab turgan uyini 24.400 АQSh dollariga sotib, uyni uning nomiga rasmiylashtirmaganligi holati yuzasidan, jinoyat ishi qoʼzgʼatishni rad qilish haqidagi qarorni bekor qilish uchun prokuratura organlariga taqdimnoma kiritildi.
- 1 ta holat yaʼni Аxatov Olimning murojaati yuzasidan, Turdiev Аkmal “Nexia” rusumli avtomashinasini sotib, keyinchalik qaytarib olib ketgan boʼlsada, avtomashinani sotib olgan pullarini qaytarib bermaganligi holati yuzasidan toʼplangan hujjatlar, profilaktika inspektoridan olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish uchun Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimiga yuborildi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech