O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Telegram messenjeridagi guruhlarda tarqalgan «Buxoroda «Matiz»ning gaz baloni portlagani aytilmoqda» nomli post yuzasidan

Bugun, yaʼni 13 oktyabr kuni soat 11:30 da 53 yoshli X.M., oʼziga tegishli oq rangli «Matiz» rusumli avtomashinasida harakatlanib kelib, avtomashinani Peshkoʼ tumani Chigʼirchi MFY Yangibozor koʼchasida joylashgan oziq-ovqat doʼkoni qarshisida qoldirib, dori vositalari xarid qilish maqsadida dorixonaga kirib ketgan vaqtida, avtomashina yukxonasiga oʼrnatilgan gaz balonda portlash yuz bergan.

Jiddiy jarohat olganlar yoʼq.

Ushbu «Matiz» avtomashina yonida turgan yana 2 ta avtomashinaga turli darajada texnik shikast yetkazilgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan tergov tezkor guruhi chiqib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari Peshkoʼ tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.

Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, avtomashinaga oʼrnatilgan gaz baloni Korea Respublikasi Busan shahrida joylashgan korxona tomonidan 2011 yilda ishlab chiqarilganligi, 65m3 sigʼimli, ishchi bosimi 200 atmosferaga ruxsat etilganligi, u 08.10.2018 yilda avtomashinaga oʼrnatilganligi, chidamlilik tekshiruv muddati 07.10.2021 yilda qilib belgilanganligi maʼlum boʼlgan.

Hozirda portlashning kelib chiqish sabablari oʼrganilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech