O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʼlat Razzoqovich Bobojonovning ichki ishlar organlari xodimlariga bayram tabrigi.

Ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilari, taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari, tinglovchi-kursantlari, aziz faxriylarimizni hamda yurtimiz tinchligini himoya qilib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʼlgan xodimlarning oila aʼzolarini Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʼmondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoev “Biz davlatimiz mudofaa qudratini har tomonlama oshirish, yetuk va malakali harbiy kadrlarni tayyorlashga, Vatan himoyachilari, ularning oilalari uchun munosib hayot sharoitlarini yaratishga bundan keyin ham alohida eʼtibor qaratamiz”, deb alohida taʼkidlaganlar.

Haqiqatdan ham soʼnggi yillarda Oʼzbekiston milliy armiyasi jadal rivojlanmoqda, uning jangovar qobiliyati va tayyorgarligi izchil oshib bormoqda, mamlakatimizning mudofaa qudrati mustahkamlanmoqda, fuqarolarimizning tinch-osoyishta hayoti taʼminlanmoqda. Xalqimiz gʼoyat masʼuliyatli va olijanob vazifani sharaf bilan ado etib kelayotgan mard va jasur, el-yurtga sadoqatli Vatan himoyachilari bilan haqli ravishda faxrlanadi.

Shu bois bugun oldimizga qoʼyilgan vazifalarni yuksak darajada bajarishimiz uchun har bir ichki ishlar organi xodimi va harbiy xizmatchisi  fidoyilik, vatanparvarlik bilan bor kuch va gʼayratini safarbar etishi lozim.

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sogʼliq, baxt-saodat, uzoq umr, oilangizga totuvlik, dasturxoningizga fayzu-baraka tilayman.

Yurtimizda jamoat tartibini saqlash, barqarorlikni taʼminlash, qonuniylik hamda huquq-tartibotni mustahkamlashdek masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizga ulkan zafarlar yor boʼlsin. 

 

P.R. Bobojonov 
Oʼzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vaziri,
general-leytenant

2020 yil 14 yanvar

Text to speech