O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan kam ta'minlangan oilalari holidan xabar olindi.

Joriy yilning 12 iyun kuni Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari T.M.Mustafaev tomonidan Namangan shahrida yashovchi kam ta'minlangan oilalarning xonadonlariga borilib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishib, muammolari o‘rganildi. Bunda T.Mustafaevga Namangan shaxar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i A.Xo‘jaxanov hamrohlik qildi.

Tashrif jarayonida jami 3 ta oilaning ahvoli o‘rganilib, jumladan Oqoltin ko‘chasida yashovchi nogiron kam ta'minlangan S.B., nogiron kam ta'minlangan H.Q. va kam ta'minlangan O‘.E.,larning xonadonlariga borildi hamda ular bilan suhbatlashib, qiynab kelayotgan muammolari o‘rganildi.

Tashrif yakuniga ko‘ra, S.B. va H.Q.,larning oilalariga bir donadan tikuv mashinkalari olib beriladigan bo‘ldi. Fuqaro O‘.E., esa vaqtincha ishsiz bo‘lganligi sababli o‘zining kasbi bo‘yicha yashash hududidagi “Obod” mahallasining nonvoyxonasiga ishga joylashtirilib, ish bilan ta'minlandi.

Kelgusida Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafaev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida shu kabi tashriflar va sayyor qabullar o‘tkazilishi davom ettiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech