Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat va ijro intizomini mustahkamlash hamda qonuniylikka toʼliq rioya etilishini taʼminlash masalalariga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Joriy yilning 19 iyun kuni, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida boʼlib oʼtgan yigʼilishda, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi masʼullari, Qoraqalpogʼiston Respublikasining Ichki ishlar vaziri polkovnik А.J.Temirxanov va vazirlikning boshqa xodimlari hamda ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdilar.
Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari va Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIV rahbariyati tomonidan bugungi kunda ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash boʼyicha qilinayotgan ishlar haqida atroflicha soʼz yuritib, xodimlar tomonidan taʼmagirlik, poraxoʼrlik, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilish bilan bogʼliq illatlarga yoʼl qoʼymaslik, bunday salbiy holatlar yuz berganda ularga nisbatan qattiq intizomiy jazo choralar koʼrilishi hamda xizmatiga sodiq, halol mehnat qilayotgan xodimlarni har doim ragʼbatlantirib borilishi haqida maʼlumot berildi.
Yigʼilish davomida, ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari ham soʼzga chiqib, bugungi kunda farzandlariga yaratib berilayotgan sharoitlardan, ichki ishlar organlari rahbariyatiga oʼz minnatdorchiligini bildirib oʼtdi.
Uchrashuv davomida, ichki ishlar organlaridagi xizmati yaxshi natijalarga erishib kelayotgan xodimlarning ota-onalariga Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi