Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan xodimlar, ularning ota-onalari hamda yaqinlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.
Joriy yilning 21 iyun kuni, Mo‘ynoq, Qonliko‘l va Shumanoy tumanlari IIBlarida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas'ullari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik M.T.Raxmatullaev, ichki ishlar xodimlari hamda ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari M.T.Raxmatullaev tomonidan, bugungi kunda yurtimizda ichki ishlar organlariga qaratilayotgan e'tibor natijasida, ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilayotgan sharoitlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida atroflicha so‘z yuritib, xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar haqida aytib o‘tdilar.
Shuningdek, xodimlar tomonidan ta'magirlik, poraxo‘rlik, xizmat vazifasini suiiste'mol qilish bilan bog‘liq illatlarga yo‘l qo‘ymaslik, bunday salbiy holatlar yuz berganda ularga nisbatan qattiq intizomiy jazo choralar ko‘rilishi hamda xizmatiga sodiq, halol mehnat qilayotgan xodimlarni har doim rag‘batlantirib borilishi haqida ma'lumot berildi.
Tadbir davomida, Mo‘ynoq, Qonliko‘l va Shumanoy tumani IIBlarida xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va yaqinlari ham so‘zga chiqib, bugungi kunda farzandlariga yaratib berilayotgan sharoitlardan, ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga
o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.
Tadbir davomida, Mo‘ynoq, Qonliko‘l va Shumanoy tumani IIBlarida xizmat qilib, xizmati davomida hamkasblariga o‘rnak bo‘lib, ijobiy natijalarga erishib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti